Isroillik rejissyorlar Yuval Avraam va Raxel Shorning G‘azodagi urush haqidagi NAZA filmi katta bahslarga sabab bo‘ldi. Ammo ularning bu pozisiyasi 7 oktyabrdan keyin paydo bo‘lgan tasodifiy qarash emas.
Yuval Avraam 1995 yilda Beer-Shevada o‘rta sinfga mansub izraillik oilada tug‘ilgan. Uning oilasi ashkenaz va mizraxi yahudiylari aralash kelib chiqishiga ega. Bobolaridan biri Quddusda ulg‘aygan yamanlik yahudiy bo‘lib, falastin arab tilida erkin gaplashgan. Buvilaridan biri Liviyadagi Italiya konslagerida tug‘ilgan, yana bir bobosi esa Xolokost davrida oilasining katta qismidan ayrilgan.
19 yoshida Avraam SAHAL razvedkasiga chaqirilgan, ammo arab tilidan olgan bilimlarini qurol sifatida ishlatishni istamasligini aytib, armiyani tark etgan.