Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Navoiylik mast fuqaro ichki ishlar organlari xodimini haqorat qildi va unga qo‘l ko‘tardi

Navoiylik mast fuqaro ichki ishlar organlari xodimini haqorat qildi va unga qo‘l ko‘tardi

Navbatdagi mast fuqaro va IIV xodimi o‘rtasidagi mojaro 2019 yilning 17 avgust kuni Navoiy viloyatida yuz bergan.  Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Xususan, joriy yilning 17 avgust kuni 19:10larda Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi YHXB inspektori Navoiy shahar, I.Karimov ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelgan, davlat raqam belgisi 85 971 SAA bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashinani piyodaga yo‘l bermaganligi uchun to‘xtatib, haydovchidan avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarini taqdim etishini so‘ragan, ammo haydovchi Jasur Sayitovda mazkur avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi tegishli hujjatlari bo‘lmagan. Shu sababli, inspektor qonuniy tartibda haydovchi J.Sayitovga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani Navoiy shahridagi jarima maydonchasiga olib kelgan.

Bundan xabar topgan haydovchi J.Sayitovning 44 yoshli otasi Alisher Hayitov jarima maydonchasiga mast holatda kelib, inspektor tomonidan avtomashina jarima maydonchasiga qo‘yilishiga faol qarshilik ko‘rsatgan. So‘ng uni haqoratlab, unga qo‘l ko‘targan va tan jarohati yetkazgan. Natijada jiddiy jarohat olib, RSHTYOIM Navoiy filialiga olib borilgan. Hozirda unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

O‘z o‘rnida fuqarolarimizga bu kabi harakatlar qonunbuzarlik holati ekanligini eslatish bilan birga, har qanday kelishmovchilik va e’tirozlarini tartib buzarlikka qo‘l urmay, qonuniy yo‘l bilan hal etishga e’tibor qaratishlarini so‘rab qolamiz.

 

 

Kiritildi: 18:17 18.08.2019. O'qildi: 1930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!