Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Navoiylik ayol Rossiyada vafot etgan erkakning jasadi ortidan pul ishlab olmoqchi bo‘ldi

Navoiylik ayol Rossiyada vafot etgan erkakning jasadi ortidan pul ishlab olmoqchi bo‘ldi

Navoiy. 2020 yilning yanvar oyi o‘rtalarida 32 yoshli N.X. (ayol) Navoiy shahri hududida joylashgan kafelarning birida 40 yoshli X.I. bilan tanishib, X.I., ning Rossiya Federasiyasi Tatariston Respublikasi Ufa shahrida vafot etgan akasining murdasini O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyatiga olib kelib berishni va’da qilib, 2020 yilning may oylariga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida turli bahonalar bilan aldab X.I., ning ishonchiga kirib, X.I., dan jami 29.820.000 so‘m va 200 AQSh dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Bundan tashqari, N.X., o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 237-moddasi (yolg‘on xabar berish) bilan ogohlantirilishiga qaramasdan, 2020 yil 16 may kuni Navoiy shahar IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 13:00 larda tanishi X.I., uning uyiga kelib, unga yengil shikast yetkazib, umumiy bahosi 16.150.000 so‘mlik turli xildagi tilla taqinchoqlarini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi haqida ma’lum qilib, jinoyat to‘g‘risida bila turib yolg‘on xabar bergan, aslida u ayblovning sun’iy dalillarini vujudga keltirgan holda g‘arazgo‘ylik niyatlarida, shaxsni og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab, o‘ziga-o‘zi “engil” tan jarohatlari yetkazishga erishgan.

Sudga oid biologiya ekspertiza xulosasiga ko‘ra, “N.X.,ning har ikkala qo‘l barmoqlaridan olingan tirnoq qirqmalarida o‘zining teri va qon dog‘lari mavjud” ligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davomida Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro N.X.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik), 237-moddasi, 2-qismi “a,b,g” bandlari (yolg‘on ko‘rsatma berish), 238-moddasi 3-qismi “b” bandi (Yolg‘on guvohlik berish) va 139-moddasi 3-qismi “a,g” bandlari (tuhmat) bilan ayblov e’lon qilingan.

 

Kiritildi: 17:57 05.06.2020. O'qildi: 3640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!