Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Navoiyda YTH oqibatida haydovchi va 1 yoshli chaqaloq vafot etdi

Navoiyda YTH oqibatida haydovchi va 1 yoshli chaqaloq vafot etdi

2020 yilning 9 fevral kuni soat taxminan 01:50larda 24 yoshli R.N. Lacetti rusumli avtomashinasini Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 “Zarafshon-Navoiy” avtomobil yo‘li bo‘ylab boshqarib borib, mazkur yo‘lning 154-km.da belgilangan tezlikni oshirgan holda harakatlanib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi harakat yo‘nalishiga chiqib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lumotiga ko‘ra, u 23 yoshli N.J.ning boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada, Nexia rusumli avtomashina haydovchisi N.J. voqea joyida va avtomashina yo‘lovchisi, 1 yoshli chaqaloq A.SH. Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

 

 

 

 

Kiritildi: 13:56 10.02.2020. O'qildi: 2050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!