Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navbahor tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.E.ning boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, avtomashina yukxonasida turli nomdagi 3 265 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotish uchun Zarafshon shahriga olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu qalbaki mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.