Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Navoiyda niqobli bosqinchilar keksa ayolning uyiga bostirib kirdi

Navoiyda niqobli bosqinchilar keksa ayolning uyiga bostirib kirdi

Navoiy. 2020 yilning 3 sentyabr kuni soat 11:40 da ikki nafar noma’lum shaxslar o‘zganing mol-mulkini bosqinchilik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida, o‘zaro jinoiy til biriktirib, yuzlariga matoli niqob taqqan holda, Uchquduq tumani “Geologlar” ko‘chasida yashovchi 87 yoshli P.T., (ayol) uyda yolg‘iz yashashligini bila turib, xonadonga kirish eshigi qulflanmaganligidan foydalanib, g‘ayriqonuniy ravishda kirgan holda, P.T., ning og‘zini o‘zlari bilan olib kelgan mato bo‘lagi bilan berkitib, yuz qismiga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazib, xonadon yotoqxonasida bo‘lgan shkaf ichidan 1 mln. 500 ming so‘m pullarni qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar. 

Mazkur holat yuzasidan Uchquduq tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni 23 yoshli N.X. va 19 yoshli E.N., sodir etganliklari aniqlangan. Jinoyat ishi bo‘yicha N.X. va E.N., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibida ushlangan. 

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlarini olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:09 10.09.2020. O'qildi: 1876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!