Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Navoiyda mushtlashuv! Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Navoiyda mushtlashuv! Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Zarafshon shahar 19-kichik tumanda istiqomat qiluvchi N.V. bilan “Alpomish” bolalar va o‘smirlar sport maktabida murabbiy bo‘lib ishlovchi tanishi SH.F. o‘rtalarida nizo kelib chiqadi. U o‘zaro kelishmovchilikni hududda joylashgan 14-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining orqa tomonida “hisob-kitob” qilmoqchi bo‘ladi. Shu orqali o‘zining zo‘rligini boshqalarga ko‘z-ko‘z qilishga urinadi. Murabbiy SH.F.ning yaxshi gaplariga ham quloq solmay, uning boshiga musht tushirib, tan jarohati yetkazadi.

N.V. o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘lib chiranishi jinoyatga sabab bo‘lishini bilganida, balki bu xatoni qilmagan bo‘larmidi? Xullas, endilikda mazkur holat yuzasidan Zarafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi xodimlari tomonidan N.V.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,  dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.   

Kiritildi: 15:07 06.09.2020. O'qildi: 2238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!