Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Navoiyda havoni ifloslantirgani uchun 22 nafar fuqaro jarimaga tortildi

Navoiyda havoni ifloslantirgani uchun 22 nafar fuqaro jarimaga tortildi

Navoiyda havoni ifloslantirgani uchun 22 nafar fuqaro jarimaga tortildi, deb xabar bermoqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati.

Unga ko‘ra, Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan 2024 yilning 1 maydan 17 may kuniga qadar shahar va tumanlarida o‘tkazilgan ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida 22 nafar fuqaro noqonuniy ravishda atmosfera havosini ifloslantirgani aniqlandi. Bular:

  • Konimex tumanida — 7 nafar;
  • Uchquduq tumanida — 4 nafar;
  • Xatirchi tumanida — 3 nafar;
  • Navoiy shahrida — 3 nafar;
  • Qiziltepa tumanida — 3 nafar;
  • Karmana tumanida — 1 nafar;
  • Tomdi tumanida — 1 nafar.

Aniqlangan holatlar yuzasidan fuqarolarning barchasiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 1-qismi asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 4 mln 934 ming so‘m jarima belgilandi.

Kiritildi: 09:43 18.05.2024. O'qildi: 817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!