Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Navoiyda bankdagi loqaydsizlik talabaga qimmatga tushishi mumkin edi

Navoiyda bankdagi loqaydsizlik talabaga qimmatga tushishi mumkin edi

KONIMEX tumanida yashovchi fuqaro SH.Farmonovning o‘ziga tegishli yer uchastkasi va bino inshootlari muqaddam davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan. Uning ushbu yer uchastkasi va bino inshootlar uchun kompensa siya puli to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati viloyat adliya boshqarmasi hamda Konimex tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida tuman hokimligi tomonidan fuqarodan olib qo‘yilgan yer uchastkasi va bino inshootlar o‘rniga 80 million so‘m pul mablag‘i hamda 0,21 gektar yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida tuman hokimining qarori chiqarilishiga erishildi.

Bundan tashqari, tijorat banklari tomonidan fuqarolarning murojaatlariga e’tiborsizlik oqibatida kelib chiqayotgan qonunbuzilishlar ham adliya idoralari nazaridan chetda qolayotgani yo‘q. Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi F.Amankulova talabalar uchun dalatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatdan foydalanish maqsadida AT Xalq banki Navoiy viloyat filialiga ta’lim krediti ajratishlarini so‘rab murojaat qilgan. Shundan keyin murojaat bir necha oydan so‘ng ham ko‘rib hal qilinmaganligi, buning oqibatida talaba tahsil olayotgan ta’lim muassasasi rahbariyati bilan shartnoma to‘lovlarini to‘lamaslik yuzasidan noqulayliklar kelib chiqqanligi sababli adliya bosh qarmasiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Aks holda bank mutasaddilarining e’tiborsizligi talaba uchun qimmatga tushishi, unga o‘qishni davom ettirishga ruxsat berilmasligi ham mumkin edi.

Viloyat adliya boshqarmasining aralashuvidan so‘ng bank tomonidan F.Amankulovaga 8.293.000 so‘m ta’lim krediti 2 yil muddatga yillik 16 foiz ustama miqdori to‘lash sharti bilan ajratilishi ta’minlandi.

Manba: insonvaqonun.uz

Kiritildi: 15:38 20.04.2019. O'qildi: 2988 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!