Bugun 16 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Navoiyda alyuminiy qutilar ishlab chiqaruvchi qiymati 100 mln dollarlik zavod qurilishi kutilmoqda

Navoiyda alyuminiy qutilar ishlab chiqaruvchi qiymati 100 mln dollarlik zavod qurilishi kutilmoqda

“Arnest qadoqlash yechimlari” AJ bilan “Navoiy sanoatni rivojlantirish kompleksi” maxsus sanoat parki hududida ichimliklar uchun alyuminiy qutilar ishlab chiqarish zavodini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha investisiya bitimi imzolandi. Bu haqda Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, “AQY” AJ investisiyalari taxminan 100 mln dollarni tashkil etadi va alyuminiy ichimliklar qutisini ishlab chiqarish uchun 2 ta zamonaviy yuqori texnologiyali liniyalarni o‘rnatishga yo‘naltiriladi.

Korxonaning quvvati yiliga 1,5 mlrd bankadan oshadi. 200 dan ortiq yangi yuqori malakali ish o‘rinlari yaratiladi. Zavod 2025 yilning kuzida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 30 foizdan ortig‘ini eksport qilish rejalashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 09:14. O'qildi: 350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!