2008, 2010 va 2012 yilda tug‘ilgan 3 yigit bir vaqtda daryoda cho‘kib ketdi. Ularning ikkisi aka-uka ekan...
Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi Zarafshon daryosiga cho‘milishga borgan 3 nafar o‘smir cho‘kib ketib, vafot etdi
Ma’lum qilinishicha, tumanning Katta masjid mahallasida yashovchi 4 nafar yigit 8 iyul kuni tush payti Zarafshon daryosiga cho‘milishga borgan. Ulardan 3 nafari cho‘milish vaqtida suvga cho‘kib ketgan.
Buxoro va Navoiy viloyati FVB qutqaruvchilari, maxsus texnikalar va motorli rezina qayiq jalb etilgan holda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilgan. 10 iyul kuni 3 nafar voyaga yetmagan o‘smirning jasadi hodisa sodir bo‘lgan joydan turli masofalarda topilgan.
Vafot etganlar 2008 yilda tug‘ilgan J.S., 2012 yilda tug‘ilgan J.S. hamda 2010 yilda tug‘ilgan O.T. bo‘lgan. Ularning ikkisi aka-uka ekani aytilmoqda.