Ukraina - NATO Kengashi noyabr oyida Rossiyaning Ukraina harbiy-sanoat kompleksi ob’ektlariga qarshi yangi ballistik raketani qo‘llagani bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda Fransiyaning AFP agentligi ma’lum qildi, deya xabar beradi «TASS» .
«Ukraina va NATO seshanba kuni Rossiyaning gipertovushli ballistik raketasining Ukrainaga zarbasini baholash uchun Ukraina-NATO kengashining yig‘ilishini o‘tkazadi», deyiladi agentlik xabarida.