Joriy yilning 11-12 iyul kunlari Bryussel shahrida bo‘lib o‘tadigan NATOga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida yana bir mamlakatni alyansga qo‘shish taklif qilinadi.
“NATO bo‘yicha ittifoqchilar sammitda Makedoniyani taklif qilishni e’lon qiladilar. Makedoniya alyansga a’zo o‘ttizinchi davlat bo‘ladi”, degan Shimoliy atlantika alyansi Bosh kotibi Yens Stoltenberg.
Eslatib o‘tamiz, Makedoniya NATO va YEIga a’zo bo‘lish uchun mamlakat nomini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keldi. Ikki tashkilotga a’zo bo‘lish uchun Makedoniya Gresiya bilan davlat nomi masalasida kelishuv imzoladi. Kelishuvga ko‘ra, davlat “Shimoliy Makedoniya Respublikasi” deb nomlanadi.
Manba: qalampir.uz