Bugun 5 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

NATO rasmiysi: Rossiya gibrid hujumlari qurbonlarga olib kelishi mumkin

NATO rasmiysi: Rossiya gibrid hujumlari qurbonlarga olib kelishi mumkin

"Ushbu qo‘poruvchilik harakatlaridan biri ko‘p sonli qurbonlarga olib kelishi yoki katta iqtisodiy zarar keltirishi xavfi mavjud", dedi NATO bosh kotibining innovasiyalar, gibrid va kiberhujumlar bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Jeyms Appaturay Sky News telekanaliga. Uning so‘zlariga ko‘ra, alyans bunday tahdidlarni qaytarish uchun mashqlar o‘tkazish niyatida.

Jurnalist rasmiydan Yevropa davlatlarida Rossiya ortida turgani aytilayotgan qo‘poruvchilik harakatlarining soni haqida so‘radi. "Biz ularning o‘nlablarini aniq sanashimiz mumkin, ammo hali ko‘p to‘sqinlik qiladigan rejalar bor", deb javob berdi Appaturay.

NATO rasmiysi Rossiyaning gibrid hujumlari sonining ko‘payishini G‘arb davlatlarining Ukrainaga Rossiya agressiyasidan himoya qilishda ko‘rsatayotgan yordami bilan bog‘ladi. "Ular bizning qilayotgan ishimizni yoqtirmaydi va bizni dushman sifatida ko‘radi. Vaziyat yomonlashmoqda", - dedi Appaturay. Shu bilan birga, u G‘arb Rossiyaga qarshi emasligini, lekin Rossiya Federasiyasining qo‘shni davlatlarga bostirib kirishiga yo‘l qo‘ymoqchi emasligini ta’kidladi.

Kiritildi: 23:32 30.12.2024. O'qildi: 1060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!