Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

NATO qiruvchisi Rossiya mudofaa vaziri o‘tirgan samolyotga yaqinlashishga harakat qildi

NATO qiruvchisi Rossiya mudofaa vaziri o‘tirgan samolyotga yaqinlashishga harakat qildi

NATOga qarashli F-18 qiruvchi samolyoti Boltiq dengizi ustida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning samolyotiga yaqinlashishga harakat qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Su-27 samolyotlari NATO samolyotini quvib yuborgan.

Ma’lumot berilishicha, Rossiya mudofaa vaziri o‘tirgan samolyot ikkita Su-27 qiruvchi samolyotlari hamrohligida Kaliningraddan Moskvaga uchayotgan bo‘lgan.

Boltiq dengizidagi neytral suvlar ustida uning samolyotiga F-18 samolyotlari yaqinlashishga harakat qilgan, ammo Su-27 uchuvchilari qiruvchini siquvga olgan hamda laynerga yaqinlashishga imkon bermagan.

 

Kiritildi: 20:15 13.08.2019. O'qildi: 3219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!