Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

NATO'ning sobiq maslahatchisi G‘arbning Ukraina bo‘yicha vahimasi haqida gapirdi

NATO'ning sobiq maslahatchisi G‘arbning Ukraina bo‘yicha vahimasi haqida gapirdi

Kiyevning g‘arbiy ittifoqchilari Ukrainadagi mojarodan qanday chiqishni bilmaydi, dedi Shveysariya razvedkasining sobiq ofiseri va NATO maslahatchisi, polkovnik Jak Bo YouTube'dagi Daniel Davis / Deep Dive kanaliga bergan intervyusida.

“G‘arbda chiqish strategiyasi yo‘q, Ukrainada ham chiqish strategiyasi yo‘q. Bundan tashqari, Ukraina hali ham g‘alaba qozonishi mumkinligi haqida ma’lum bir o‘zini aldash mavjud”, - dedi u.

Boning so‘zlariga ko‘ra, mojaro boshidanoq G‘arb Rossiyani sanksiyalar orqali yo‘q qila olishiga ishongan, shu bois u jang maydonida g‘alaba qozonish haqida xayoliga ham keltirmagan. Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari uchun vaziyat kundan-kunga yomonlashmoqda, Rossiya armiyasi esa asta-sekin oldinga harakat qilmoqda.

Kiritildi: 15:05 20.04.2024. O'qildi: 1126 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!