Bugun 6 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

NATO: "Grenlandiya Daniya tarkibida qolishi kerak"

NATO: "Grenlandiya Daniya tarkibida qolishi kerak"

NATO Grenlandiya Daniya tarkibida qolishi kerak, deb hisoblaydi va alyansning barcha Arktika davlatlarini Arktikadagi Rossiya va Xitoyga qarshi kurashda faol hamkorlik qilishga chaqiradi.

Bu haqda NATO bosh kotibi Mark Ryutte Bryusseldagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Grenlandiya Daniyaning bir qismidir va shunday bo‘lib qoladi. Lekin bu Arktika ustidan nazorat haqida kengroq savol va bu yerda NATOning barcha Arktika davlatlari, shu jumladan AQSh ham Rossiya va Xitoyga qarshi kurashish uchun faol hamkorlik qilishi kerak" - deb ta’kidladi Ryutte, "Daniyani kim nazorat qilishi kerak?" degan savolga javob berar ekan.

Kiritildi: 22:20 02.04.2025. O'qildi: 565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!