Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

NATO bosh kotibi Ukraina armiyasining holati haqida gapirdi

NATO bosh kotibi Ukraina armiyasining holati haqida gapirdi

Hozirgi vaqtda Ukraina jang maydonida o‘zini ancha yaxshi his qilmoqda va katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda, Rossiya esa har oyda 35 ming nafar harbiy xizmatchisini yo‘qotmoqda. Bu haqda NATO bosh kotibi Mark Ryutte Financial Times gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Rossiyaning bundan to‘rt-besh oy oldin erishayotgan ilgarilashi hozirda sezilarli darajada sekinlashdi. Ukraina o‘zini ancha, juda ham yaxshi his qilmoqda. AQSh Prezidenti ham o‘tgan hafta Oq uyda buni tan oldi», — dedi u.

Ryuttening qayd etishicha, Rossiya armiyasining talofatlari va Ukrainaning jang maydonidagi muvaffaqiyatlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «ruhlantirayotgani yo‘q». U Rossiya rahbari muzokaralar stoliga o‘tirishga xohish bildirayotganidan dalolat beruvchi hech qanday belgilar hozircha yo‘qligini ta’kidladi.

NATO bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, G‘arb Ukrainani yanada ko‘proq qo‘llab-quvvatlashi va muzokaralar boshlanishi arafasida uning maksimal darajada kuchli bo‘lishini ta’minlashi kerak.

Kiritildi: 20:58 01.07.2026. O'qildi: 2710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!