NATO bosh kotibi Mark Ryutte yaqinda AQShga tashrif buyurib, Ukraina masalasini muhokama qilish uchun saylangan prezident Donald Tramp bilan uchrashishi mumkin.
Bu haqda The Washington Post o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
"Ryutte yaqinda Trampning Mar-a-Lago qarorgohiga tashrif buyurib, Ukrainadagi mojaroga barham berish bo‘yicha muzokaralar strategiyasini muhokama qiladi", — deb yozadi gazeta.
NATO Bosh kotibi yetkazmoqchi bo‘lgan asosiy g‘oya Rossiya Federasiyasining harakatlarini rag‘batlantirmaydigan va Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini ta’minlaydigan "adolatli va uzoq muddatli tinchlik" zarurati bo‘ladi.
Shu bilan birga, nashrning yozishicha, yaqinda Bryusselda NATO mudofaa vazirlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Ryutte Yevropa yetakchilarini "Tramp haqida g‘iybat qilmaslikka", balki u bilan muloqotga kirishishga chaqirgan, chunki Yevropaga "Amerika biz tomon qolishi kerak"ligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan so‘ng nutqida Ukraina mojarosiga chek qo‘yish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.