Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

NATO Boltiq dengizidagi suvosti infratuzilmasini qo‘riqlashga 10 ga yaqin kema yuboradi

NATO Boltiq dengizidagi suvosti infratuzilmasini qo‘riqlashga 10 ga yaqin kema yuboradi

Eron joriy hafta oxirida Boltiq dengizidagi muhim ahamiyatga ega obektlarni o‘nga yaqin kema yordamida qo‘riqlashga kirishadi, deb xabar bermoqda Yle.

«NATO hozirda Boltiq dengizida xizmat qilayotgan, shuningdek, bevosita NATO davlatlari tomonidan jo‘natilgan kemalarni yuboradi. Umumiy hisobda ularning soni o‘nga yaqinlashadi va kemalar aprelga qadar dengizda qoladi», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, kemalar energiya va ma’lumotlarni uzatishga mo‘ljallangan kabellar atrofida joylashtiriladi. Ular asosan tiyib turuvchi omil sifatida harakat qiladi. Ta’kidlanishicha, NATO xalqaro suvlarda boshqa davlatlarning kemalari harakatini bloklab qo‘ya olmaydi.

Bundan tashqari, Fin ko‘rfazi oldingidek Estoniya va Finlandiya kemalari tomonidan qo‘riqlanadi.

Dekabr oxirida NATO Boltiq dengizidagi harbiy ishtirokini kuchaytirishini ma’lum qilgandi. Bunga Estoniya va Finlandiya o‘rtasidagi Estlink 2 suvosti elektr kabeliga zarar yetkazilgani sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 17:42 08.01.2025. O'qildi: 551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!