NATO Afg‘onistondagi faoliyatini 2024 yilga qadar davom ettirish va barqarorlikni ta’minlashga qaror qildi. Bu haqida, NATO bosh kotibi o‘rinbosari Rouz Gottemyuller Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO Engages forumida ma’lum qilgan.
Forumda Afg‘oniston hukumatini qo‘llab-quvvatlash, ichki vaziyatni barqarorlashtirish va afg‘on xavfsizlik kuchlarini moliyaviy ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qilingan.
NATO ittifoqchilari, Pokiston, Eron va Rossiya davlatlari afg‘on tinchlik jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash tarafdorlari ekanligini ta’kidlab o‘tgan.
Shuningdek, mintaqa davlatlari Afg‘onistondagi tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashda hamda terrorizmga qarshi hamkorlikda kurashishda asosiy o‘rin tutishi qayd etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda Afg‘onistonda NATOning 7,5 ming harbiy xizmatchilari va 15,5 mingdan ortiq amerika askarlari mavjud.
Manba: qalampir.com