Erondagi Natanz yadroviy inshootining yer osti qismi Isroil hujumidan so‘ng qulagan bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
"Natanzdagi inshootning yer osti qismi qulagan bo‘lishi mumkin, deyishga asos bor, ammo to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun qo‘shimcha baholashlar zarur", — dedi gazeta manbasi.
Eslatib o‘tamiz, 13 iyun kuni Isroil armiyasi Natanz yadroviy inshootidagi sentrifuga majmuasi va infratuzilmasiga zarba berilgani haqida xabar bergan edi. Isroil raketalari sentrifugalar bilan yer osti zaliga yetib keldi.