Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Nasafiy mualliflik huquqini buzgani uchun javobgarlikka tortildi

Nasafiy mualliflik huquqini buzgani uchun javobgarlikka tortildi

«Nasafiy» taxallusi bilan ijod qilayotgan qo‘shiqchi Aziziddin Akmalov O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning qo‘shig‘ini uning ruxsatisiz kuylagani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati «Nasafiy» nomi bilan ijod qilayotgan qo‘shiqchi Aziziddin Akmalov O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev ijrosidagi «Qora ko‘zli sanamjon» nomli qo‘shiq va she’rini muallifning roziligisiz, asar yaxlitligini buzgan holda ijro etib, uni internet tarmoqlariga joylashtirgan holda moddiy manfaat ko‘rib kelgani haqida Intellektual mulk agentligiga murojaat qilgan.

Agentlik matbuot xizmati xodimi Dilfuza Ismoilovaning xabar berishicha, agentlik mazkur holat yuzasidan o‘z vakolati doirasida Ma’muriy sudga ma’lumotnoma kiritgandi.

«Sud Nasafiyni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177(1)-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilgan, deb topib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, ya’ni 669 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlagan», – deyiladi Ismoilovaning xabarida.

Agentlik matbuot xizmati xodimining qo‘shimcha qilishicha, xorijiy davlatlarning qo‘shiqchilari orasida ham bu kabi holatlar uchrab turadi va ularga nisbatan katta jarima qo‘llaniladi.

«Britaniyalik qo‘shiqchi George Harrison’ning qo‘shiq kuyida «The Chiffons» guruhining qo‘shig‘idagi kuy bilan o‘xshashlik bo‘lgan. Natijada Harrison sud qarori bilan 587 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortilgan», – deya qo‘shimcha qilgan Dilfuza Ismoilova.

Kiritildi: 15:58 11.01.2021. O'qildi: 5913 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!