Bu Yerga qulash xavfi ostida bo‘lgan qimmatli teleskopni qutqarish uchun amalga oshiriladi, deb yozmoqda OAV.
AQSh kosmik agentligi qimmatli teleskoplarni Yerga qulashdan qutqarish maqsadida koinotga maxsus manipulyatorli apparat yubormoqda. Bu turdagi operasiyalar shu paytgacha umuman o‘tkazilmagan va muvaffaqiyat qozonish imkoniyati yuz foiz emas. Biroq observatoriya taqdim etayotgan noyob suratlar bilan ishlaydigan olimlar bunga urinib ko‘rishga arziydi, deb hisoblashmoqda.
Gap Koinotdagi eng kuchli yulduz portlashlarini kuzatuvchi "Swift" kosmik observatoriyasi haqida ketmoqda. Uning orbitasi xavfli darajada pastlab ketgan va agar jarayonga aralashilmisa, u Yerga qulab tushadi.
Shu sababli, NASA rahbarligidagi tijoriy kompaniya juma kuni "LINK" deb nomlangan apparatni uchirdi. Shuningdek, reja oddiy, apparat uchta mexanik qo‘li yordamida teleskopni tutib oladi va "Swift"ni Yer hamda uning atmosferasidan uzoqroqqa itarib, orbita parametrlarini tiklaydi. Biroq bu faqat ta’rifdagina oddiy tuyuladi, deyiladi xabarlarda.