Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Narxoz”da haftada 5 kunlik o‘qish joriy qilindi va o‘quv formasi olib tashlandi

“Narxoz”da haftada 5 kunlik o‘qish joriy qilindi va o‘quv formasi olib tashlandi

Joriy yil 25 noyabrdan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida haftada 5 kunlik o‘qish joriy etiladi. Bu haqda "everyday.uz" yozmoqda.

Bu haqda universitet rektori professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilgan.

Shuningdek, TDIUda o‘quv formasi ham bekor qilinishi ta’kidlangan.

“Bundan buyon talabalar o‘quv binosida xohlagan kiyimlarida yurishlari mumkin. Hech kim ko‘ylak kiyishga va bo‘yinbog‘ taqishga majbur qilmaydi”, - deydi universitet rektorati xodimi.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi boshida TDIUda rektor almashgan edi. Ishdan olingan Bahodir Xodiyev o‘rniga Oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Kongratbay Sharipov tayinlangan.

Kiritildi: 16:11 22.11.2019. O'qildi: 3475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!