Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Napoleonga qarshi jang qilgan shomlik qahramon

Napoleonga qarshi jang qilgan shomlik qahramon

1798 yil. Napoleon Bonapart qo‘mondonligi ostidagi fransuz armiyasi. Iskandariya qirg‘oqlari yaqinida turgan bu qudratli qo‘shin Misrni bosib olishni maqsad qilgan. Avval boshida Napoleon mahalliy aholiga faqat madaniyat-u taraqqiyotni keng ommalashtirish maqsadidagina kelganini pesh qildi. Biroq Misr aholisining muvahhidlari bu hiylaga uchmadi, fransuzlarga qarshi «Birinchi Qohira inqilobi»ni boshlab yuborishdi. Ana shunda bosqinchilarning asl basharasi ochildi. Ma’lum bo‘lishicha, «madaniyat va taraqqiyot tarafdori»ning qora qalbida salib yurishining o‘ta xunuk merosi saqlanib qolgan ekan. Fransuz otliqlari al-Azharga bostirib kirdi, artilleriya bo‘linmalari qurollarini Muqattamga o‘rnatib masjidlarni to‘pga tutishdi.

Inqilobiy qarshilikni tiriklayin ko‘mib tashlaganiga to‘la-to‘kis ishonch hosil qilgan Napoleon bosqinchi armiya qo‘mondoni lavozimiga Misr musulmonlarini ommaviy ravishda qirib, qo‘li qonga botgan Kleber ismli fransuzni tayinlab, Fransiyaga qaytib ketdi.

Ana shunda...

Ozodlik uchun kurashchilar har yerda bosh ko‘tarib, Misrni bosqinchilarning oyog‘i ostidagi cho‘g‘ parchasiga aylantirib yuborishdi. Misr aholisi bosqinchilarga qarshi oyoqqa turdi. Musulmon birodarlariga yordam berish uchun Makka va Madina arablari orasidan chiqqan ko‘ngillilar guruhlari yetib keldi. Usmoniy xalifa Salim III e’lon qilgan urushda ishtirok etish uchun ming-minglab usmoniy turklar Qohira tomon yashirincha yo‘l olishdi. Al-Azhardagi marokashlik toliblarning uylari xalq lashkari jangchilarining yotoqxonalariga aylandi. Shuningdek, al-Azhardagi ash-Shavam yer osti yo‘llarida Falastin toliblarining halablik Sulaymon Halabiy ismli Suriya kurdlaridan chiqqan yosh yigit boshchilik qilgan yashirin guruhlari shakllandi. Bosqinchilarga qarshi kurashda Shom aholisi misrlik birodarlariga yaqindan yordam berishga bel bog‘ladi. Zobit fransuzlar tomonidan Sulaymon Halabiyga Allohning Kitobi bo‘yicha dars bergan ustozi – al-Azhar shayxi Sharqoviyning o‘ldirilishi, shuningdek, Sulaymon tahsil ko‘rgan ilm dargohi – al-Azhar masjidi xor qilingani shomliklarning jur’atini yanada kuchaytirdi.

G‘azodan yetib kelgan falastinlik do‘stlari bilan birga fransuz qo‘shinining bosh qo‘mondoniga suiqasd qilish maqsadida maxsus operasiya o‘tkazishni rejalashtirdi. Sulaymon Halabiy Allohdan unga g‘alaba tilab duo qilib qolgan do‘stlari bilan vidolashdi.
Isyon muvaffaqiyatli yakun topib, Shomdan chiqqan kurd xalqining asl farzandi musulmonlarni fransuzlar istilosidan xalos etdi. Ammo uning o‘zi asir tushib qoldi, «erk, madaniyat va insonparvarlik tarafdorlari» qo‘lga olingan Sulaymon Halabiyni qay ahvolga solganini ko‘ring.

Dastlab fransuzlar Sulaymon Halabiyning qo‘lini suyaklari qorayib ochilguncha o‘tda kuydirishdi. Shundan so‘ng, jallodlar Islomni himoya qilishda Sulaymon Halabiyga yaqindan yordam bergan boshqa asir yigitlarni Sulaymonning ko‘z o‘ngida tiriklayin yoqishdi. Sulaymon Halabiyning o‘zini esa nihoyatda qabihlik bilan o‘ldirishdi – tanasini chormixga tortgach, qornini miltiq nayzasi bilan yorib, tirigicha tilka-pora qilishi uchun yirtqich qushlarga qo‘yib berishdi. Ana sizga «yuksak madaniyat sohiblari!»

Fransuz bosqinchilari bunday ablahlik bilan ham cheklanishmadi. Ular Sulaymon Halabiyning bosh suyagini Parijga yuborib «Inson muzeyi» ga, yorlig‘iga «Criminel» (jinoyatchi) yozuvini bitib tomoshaga qo‘yishdi. Mana 200 yildan ziyod vaqt o‘tibdiki, o‘z universiteti, professor-o‘qituvchilari va dinini fransuzlarning bosqinchi armiyasidan himoya qilgan yigitning bosh suyagi Fransiya muzeyida saqlanmoqda.

Manba: azon. uz

Kiritildi: 20:45 14.01.2020. O'qildi: 3006 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!