Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Namangandagi xonadonlarning birida ochilgan "qimorxona" faoliyatiga chek qo‘yildi

Namangandagi xonadonlarning birida ochilgan "qimorxona" faoliyatiga chek qo‘yildi

Namangan. 2020 yil 23 aprel kuni soat 20:55 da, IIV hodimlari tomonidan o‘tkazilgan mahsus tadbir davomida Namangan shahar Yuqori G‘irvon maxallasida yashovchi 33 yoshli B.U. yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, shu maxallada yashovchi 5 nafar fuqarolarga, xar bir o‘yin uchun 1000 so‘mdan pul mablag‘larini olib, ularga qimor va tavakkalchilikka asoslangan “Loto” o‘yini tashkil etib moddiy manfatdorlik ko‘rayotganligi aniqlangan.

Tadbir davomida o‘rtaga o‘yin uchun tikilgan 442.000 so‘m pullar,
36 dona o‘yin kartalari, 24 dona raqamlar yozilgan loto uyini qog‘oz kartalari va 90 dona loto toshlari o‘rnatilgan tartibda olingan.

Holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB 1-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

Kiritildi: 14:35 15.05.2020. O'qildi: 2310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!