Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Namanganda yirik YTH: 2 kishi o‘ldi, yana 2 kishi kasalxonada

Namanganda yirik YTH: 2 kishi o‘ldi, yana 2 kishi kasalxonada

12 may kuni Norin tumanining “Cho‘ja — Haqqulobod” yo‘lida Neksiya, Damas hamda UAZ mashinalari ishtirokida sodir bo‘lgan avtohalokatda 2 kishi halok bo‘lgan.  

2021 yil 12 may kuni soat 10:30 larda, “Cho‘ja — Haqqulobod” avtomobil yo‘lining 22-km.da, 1977 yilda tug‘ilgan haydovchi Neksiya avtomobilini boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketadi va o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Damas rusumli avtomobilga to‘qnashib ketadi. So‘ng ushbu avtomobil orqasida harakatlanib kelayotgan UAZ avtomobili bilan to‘qnashgan. 

Natijada, Neksiya rusumli avtomobilda bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi “bosh miya ochiq shikasti” jarohati bilan voqea joyida vafot etgan. 
Shuningdek, Neksiya haydovchisi hamda 2 nafar yo‘lovchi “bosh miya shikasti, bosh miya chayqalishi, qo‘shma shikasti” tashxisi bilan tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Kiritildi: 13:36 14.05.2021. O'qildi: 2925 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!