Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Namanganda topilgan saratonni davolovchi buloqning siri aniqlandi!

A A A
Namanganda topilgan saratonni davolovchi buloqning siri aniqlandi!

Saytimizda Namangan viloyatida shifobaxsh suv chiqqani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Namangan viloyati, Chust tumanidagi fermer Abdusattor Yo‘ldoshevga bog‘ uchun 20 gektarlik tashlandiq yer ajratilgan. Fermer bu yerda suvga talab yuqori ekani sababli elektr toki tortib kelib, suv chiqarishga kirishadi. 

"Men bu tashlandiq yerga uzoqdan elektr toki tortib kelib, 350 metrdan suv chiqardim. 500 million so‘m mablag‘ sarfladim. Bir odam shu suvni ichib, astmadan xalos bo‘ldim, dedi. Men ishonmadim. Bir ukamni 20 yildan beri tuzalmaydigan yarasi bor edi. Shunga  suvdan berib, namlab turishini aytdim. Bir necha kun o‘tib, yaram tuzalib ketdi, deb menga telefon qildi. Shundan keyin men suvni ilmiy tekshirish institutiga olib bordim. Ilmiy xodimlar tekshirib, bu suvda selen degan noyob meneral borligini aytishdi. Hozirda bu yerni lisenziyalashtirib, ma’danli suvni qadoqlash ustida harakat boshlaganman", deydi fermer mahalliy jurnalistga bergan intervyusida.

Shuningdek, bir necha fuqaro mazkur suvdan iste’mol qilib, bir necha yillik xastaliklaridan forig‘ bo‘lganini bildirishgan. 
 Shu o‘rinda selen haqida ma’lumot.  Selén - atom raqami 34 bo‘lgan kimyoviy element bo‘lib, Y.YA.Berselius tomonida 1817 yilda kashf etilgan. 
Tibbiyotda selen saratonga va boshqa keng miqyosdagi kasalliklarga qarshi vosita sifatida foydalaniladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, kuniga 200 mkg selen iste’mol qilish, saraton hastaligining ehtimolini kamaytiradi. Shuningdek, prostata bezini 63 foiz, yengil saratonni 46 foizga va umuman saraton kasalliklaridan vafot etish xavfini 39 foizga kamaytiradi.

Kiritildi: 13:52 22.05.2019. O'qildi: 7245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!