Namangan viloyatining Chust tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida yakka tartibdagi tadbirkor elektr ta’minoti inspektori bilan til biriktirib qariyb 150 mln. so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani aniqlandi.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Namangan viloyati Chust tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor S.SH. va tuman elektr ta’minoti inspektori YU.M. bilan til biriktirib, o‘ziga qarashli ekin yer maydoniga o‘rnatilgan suv nasosini elektr tarmog‘iga hisoblagichsiz, shartnoma tuzmasdan, tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulab, 116,9 mln. so‘mlik 43,2 ming kVt. soat elektr energiyasini talon-toroj qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan S.SH.ga Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “d” bandi hamda elektr ta’minoti inspektori YU.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “e” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxslar prosessual tartibda ushlangan.