Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Namanganda qo‘shnilar 35 yoshli erkakni jinoyat ustida qo‘lga oldi

Namanganda qo‘shnilar 35 yoshli erkakni jinoyat ustida qo‘lga oldi

Shu yil 17 sentyabr kuni Chust tumanida yashovchi 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 15 sentyabr kuni soat 22:30 larda yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma’lum shaxs, hovlisiga darvoza orqali kirib, narxi 7.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘rilab ketayotganida qo‘ni-qo‘shnilari tomonidan ushlab olganliklarini ma’lum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs Chust shahrida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro ekanligi aniqlanib, tegishli ko‘rgazmalar olingan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 25,169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 11:05 18.09.2020. O'qildi: 4839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!