Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Namanganda ota 1 yashar o‘g‘lini kanalda cho‘ktirib yubordi. Nega?

Namanganda ota 1 yashar o‘g‘lini kanalda cho‘ktirib yubordi. Nega?

Namangan viloyatida ota o‘z farzandini cho‘ktirib yubordi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori Lazizjon BARAKAYEVning ma’lumotiga tayanib xabar qildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 2018 yilda turmush qurgan Ravshan va Rohila (ismlar o‘zgartirilgan) farzandli bo‘lgach ko‘plab urush-janjallardan so‘ng ajrashib ketishdi. 2019 yilning aprel oyida sud bola uch yoshga to‘lguncha otaning daromadining 70 foizini aliment tariqasida to‘lab borishi haqida qaror chiqardi. Shundan so‘ng bolasi o‘ziniki emasligidan gumonlanib yurgan va aliment to‘lab alamga to‘lib yurgan Ravshan may oyida haftaning shanba va yakshanba kunlari bolani onasining ishtirokida ikki soatga ko‘rishish tartibiga erishdi. 

Shu zaylda kunlarning birida iyun oyida Ravshan qaynonasining uyiga borib xotiniga bolani olib chiqishni aytadi. Ayol esa vaqti yo‘qligini aytadi. Shunda Ravshan bir piyola choy olib chiqishni buyuradi va o‘sha zahoti Ravshan bolani olib Katta Farg‘ona tomonga borib, uni suvga tashlab yuboradi. 1 yoshga ham to‘lmagan bola esa suvda oqib, nobud bo‘ladi. Oradan ko‘p o‘tmay Ravshan otasi bilan Namangan shahar ichki ishlar boshqarmasiga bordi va aybiga iqror bo‘lib, bor gapni aytib berdi.

Hodisa yuzasidan bo‘lib o‘tgan sudda, Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudi qotil otaga 18 yil qamoq jazosi tayinladi. Shu bilan birga u jazoning dastlabki 2 yilini turma rejimida, qolgan qismini umumiy tartibdagi koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

Kiritildi: 15:08 24.02.2020. O'qildi: 5361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!