Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Namanganda «Bibliobus» faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Namanganda «Bibliobus» faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Namanganda Bibliobus ko‘chma avtokutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Daryo muxbiri xabar bermoqda.

120 million so‘m evaziga xarid qilingan avtobus 25 million so‘m mablag‘ evaziga jihozlanib, ko‘chma avtokutubxonaga moslashtirildi. 200 xil nomdagi mingdan ziyod badiiy kitob va siyosiy adabiyotlar bilan ta’minlandi.

Bibliobus Namangan shahridagi Ma’rifat kitob olami xayriya jamoat fondiga tuhfa etildi.

Viloyat markazidan ancha olis hududda joylashgan Bunyodkor mahallasida Bibliobus faoliyati yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda davlat va jamoat tashkilotlari, OAV vakillari, yozuvchi va shoirlar hozir bo‘ldi.Ko‘chma kutubxona faoliyati aynan Bunyodkor mahallasidan boshlangani bejiz emas. Mazkur hudud aholisi kitob xarid qilish maqsadida shahar markaziga borishi uchun 15-20 kilometr yo‘l bosishiga to‘g‘ri kelardi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 22:45 22.04.2019. O'qildi: 1422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!