Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Namanganda 7 yoshlik qizga uyatsiz buzuq harakatlar qilgan 68-yoshli erkak qamaldi

Namanganda 7 yoshlik qizga uyatsiz buzuq harakatlar qilgan 68-yoshli erkak qamaldi

Avvalroq, Yangi Namangan tumanida yashovchi 68-yoshli erkak 7 yoshlik qizga uyatsiz buzuq harakatlar qilgani, ayblanuvchiga nisbatan JKning 129-moddasi 1-qismi bilan joriy yilning 5 aprel kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida xabar bergan edik.

📍Dastlabki tergov davomida o‘tkazilgan tergov harakatlari natijasida joriy yilning 1 may kuni B.I. qilmishi JKning 119-moddasi 4-qismi bilan qayta malakalandi va u prosessual tartibda ushlanib, sudga kiritilgan iltimosnoma asosida sud tomonidan B.I. ga «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Bugungi kunda jinoyat ishi yuzasidan Yangi Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda❕

🖇 Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida mazkur ish yuzasidan kuzatuvni davom ettiradi.
Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Kiritildi: 23:23 11.05.2024. O'qildi: 1312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!