Namanganlik fuqaroga 500 kishilik to‘y qilish taqiqlandi. Bu haqda UPL muxbiri xabar berdi.
Ushbu masala bo‘yicha qaror shahar hokimiyati tomonidan qabul qilindi. Fuqaroga mehmonlar soni 200 kishiga kamaytirilgandan keyin to‘y o‘tkazishga ruxsat berildi.
Mas’ul shaxslar ushbu tadbirlarning barchasi dabdabali to‘ylarga qarshi kurashish uchun qo‘llanilayotganini ta’kidladilar.