Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tumani bo‘limi va Bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “R.D.” MCHJ rahbari K.D. va fuqaro R.T. “Iftixor” MFY hududidagi binodan omborxona sifatida foydalanib kelib, u yerda alkogolli va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanishib, fuqaro I.S.ga 2 turdagi 197 dona alkogol mahsulotlarini 9,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanganlar, omborxonada sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan umumiy bahosi 737 mln so‘mlik turli nomdagi jami 22 768 dona iste’molga yaroqsiz alkogolli ichimliklar hamda 4 turdagi jami 1 050 quti hujjatsiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.