Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Namangan tumanida voyaga yetmagan shaxs do‘kon kassasini o‘mardi

Namangan tumanida voyaga yetmagan shaxs do‘kon kassasini o‘mardi

2021 yil 25 iyul kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1993 y.t. fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 25 iyul kuni soat 01:00 larda noma’lum shaxs, Namangan tumanida joylashgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo do‘koniga kirish eshigini sindirish yo‘li bilan ochib kirib, do‘kon kassasida bo‘lgan 1.400.000 so‘m pullarni o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Milliy gvardiya Namangan tumani Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari Namangan tumani IIB HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan tumanida yashovchi, 2004 y.t. fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2021 yil 25 iyul kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 19:48 27.07.2021. O'qildi: 1590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!