Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Nahotki? Koronavirus Uxanda paydo bo‘lmagan!

A A A
Nahotki? Koronavirus Uxanda paydo bo‘lmagan!

“Garchi kasallanishning ilk holatlari Uxanda ko‘zga tashlangan bo‘lsa-da, bu birinchi manba aynan u yerda ekanini anglatmaydi”, deb yozmoqda AQShning Nature Medicine ilmiy jurnali.

Mazkur ilmiy maqola mualliflaridan biri Robert Geri, ko‘pchilik sun’iy ravishda paydo qilingan deb hisoblayotgan yangi koronavirusning kelib chiqishini chuqurroq o‘rganish zarurligini ta’kidladi.

Olimlar uni insonlar yaratgan degan fikrdan yiroq. Ularning fikricha, yangi koronavirus ko‘rshapalaklarga tegishli bo‘lishi mumkin. Ular virus ko‘rshapalaklarda aniqlangan virusga 96 foizga o‘xshashligi va nega bu qadar yuqumli ekaniga oydinlik kiritadigan mutasion jarayonlarni aniqlashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, aynan sirtqi oqsillarning mutasiyaga uchrashi uning inson hujayrasiga yuqishiga imkon bergan va pandemiyani keltirib chiqargan.

Shuningdek, Gerining fikricha, koronavirusning aynan Uxandagi dengiz mahsulotlari bozorida uchragani muhim emas. “Bizning tahlillarimiz va boshqa analizlar yangi koronavirusning ancha ilgari paydo bo‘lganini va birinchi manba aynan Uxanda degan qarash noto‘g‘ri ekanini, ya’ni u yerda paydo bo‘lmaganini ko‘rsatmoqda”, deydi u.

Kiritildi: 20:15 05.04.2020. O'qildi: 6071 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik