Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Nahotki? Erkak yuragida tish tozalagich bilan to‘rt yil umrguzaronlik qildi

Nahotki? Erkak yuragida tish tozalagich bilan to‘rt yil umrguzaronlik qildi

Xitoylik erkak yuragidagi tish tozalagichni olib tashlash maqsadida jarrohlik stoliga yotqizildi. Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, u spirtli ichimlik iste’mol qilish paytida o‘tkir uchli buyumni yutib yuborgan.

Bemorni 9 yanvar kuni shifoxonaga keltirishgan, uning holati bo‘yicha aniq tashxis esa mana endi oydinlashdi.

Shifoxonaga 40 daraja harorat bilan olib kelingan 29 yoshli bemorning familiyasi Chjou bo‘lib, tekshirishlar natijasida shifokorlar o‘ng o‘pkada notabiiy bo‘lgan soyani, shuningdek, yurak sohasida yallig‘lanish borligini aniqlashdi.

Jarrohlik amaliyoti davomida jarrohlar bemor yurak bo‘lmachasida olti santimetrli tish tozalagich borligini aniqlashdi. Bu buyumnig yurak sohasiga nafas yo‘li orqali kirib qolgani taxmin qilinmoqda. Shuningdek bu buyum o‘ng o‘pkani teshib o‘tib, yurakka qadalib qolgani aytilgan.

Bu yoshgina bemor reportyor bo‘lib, ichimligiga tish tozalagich tiqib qo‘yishga odatlangan. Shu yo‘l bilan u o‘zining qadahini belgilab qo‘ygan. Yigit bundan 4 yilcha ilgari salomatligi yomonlashayotganidan shikoyat qilgan va shuncha vaqt davomida davolanish uchun 22,7 ming funt sterling (deyarli ikki million rubl) sarf qilgan.

Chjou o‘pkasidagi yallig‘lanishdan doimiy tarzda aziyat chekkan, ammo davolovchi shifokorlari uning bu kasalligi sababini aniqlay olishmagan. Bir mutaxassis uning leykemiyaga chalinganini aytgan bo‘lsa, boshqasi uning sepsisga yo‘liqqaniga ishonchi komil ekanini bildirgan.

Shifokorlar keraksiz davolovchi kurslar natijasida uning a’zolari yaxshigina zararlanganinin aytishmoqda.

Kiritildi: 13:21 04.02.2019. O'qildi: 3122 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!