Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Nahotki! COVID-19 sabab erkak qushlar yanada jozibali va yumshoqroq kuylashmoqda

Nahotki! COVID-19 sabab erkak qushlar yanada jozibali va yumshoqroq kuylashmoqda

San-Fransiskodagi amerikalik ekologlar so‘nggi paytlarda erkak qushlarning urg‘ochi qushlarni jalb qilish uchun yumshoqroq kuylay boshlaganligini ma’lum qilishdi.

Bu haqda “phys.org” saytida xabar berildi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bunga COVID-19 koronavirusining yangi turi pandemiyasi sharoitida joriy etilgan karantin va cheklovlar sabab bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, ilgarilari shovqin tufayli qushlar balandroq qo‘shiq aytishga majbur bo‘lishgan. Biroq San-Fransiskodagi karantin sharoitida, ekologlarning kuzatuviga ko‘ra, erkak qushlar deyarli uch baravar pastroq va yumshoqroq kuylashga o‘tishgan.

Bundan tashqari, taqdim etilgan tadqiqot natijalarida mutaxassislar qushlar atrofdagi o‘zgarishlarga tezda moslasha olishlarini ta’kidlashgan.

Kiritildi: 22:47 26.09.2020. O'qildi: 3497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!