Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Nahotki! AQShda har yettinchi fuqaro OIVga chalinganligini bilmaydi

Nahotki! AQShda har yettinchi fuqaro OIVga chalinganligini bilmaydi

Taxminan 1,2 million AQSh aholisi OIV bilan kasallangan va ularning har yettidan biri buni bilmaydi.

Bu haqda AQSh Prezidenti Donald Tramp OIVga qarshi milliy test kuni e’lon qilgan bayonotida aytildi.

"Hozirda AQShda taxminan 1,2 million kishi OIV bilan yashamoqda. Afsuski, ularning har yettidan biri OIV bilan kasallanganligini bilmaydi va bu sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diradi", deydi davlat rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShda virus infeksiyasi holatlari soni 1980-yillarda OIV/OITS epidemiyasi boshlanganidan beri uchdan ikki qismga kamaydi, ammo hozir bu virus har yili deyarli 40 ming amerikalikda aniqlanmoqda.

“Ushbu yangi infeksiyalarning 80 foizga yaqini virus tashxisi qo‘yilmagan yoki davolanmagan odamlardan kelib chiqqan. Ushbu raqamlar Amerika innovasiyalari va tajribalardan foydalanishda davom etish qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatmoqda”, deydi Tramp.

Kiritildi: 20:24 28.06.2020. O'qildi: 2824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!