Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

MY5 telekanalidagi mojaro, kanal rahbariyatidagi o‘zgarish va telekanalni tugatish haqidagi ogohlantirish

MY5 telekanalidagi mojaro, kanal rahbariyatidagi o‘zgarish va telekanalni tugatish haqidagi ogohlantirish

Avgust oyi avvalida MY5 telekanali orqali “Ochiqchasiga gaplashamiz” nomli ko‘rsatuv efir vaqtida uzib qo‘yilgani keng omma muhokamasiga sabab bo‘ldi. Mamlakatda so‘z erkinligini ta’minlash borasida qilinayotgan islohatlar, hukumat rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan ochiqlik siyosati xususidagi baxslarga sabab bo‘lgan mavzu yuzasidan 5 avgust kuni Prezident Adminstrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi telekanal rahbariyatiga ogohlantirish xati bilan murojaat qilgan.

Murojaatda ko‘rsatuvda keltirilgan faktlar, dalillar aholi orasida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otishi ro‘kach qilinib, bir nechta takliflar, xususan, telekanal faoliyatini cheklash, lisenziyasini tugatish yoki mansabdorlarga ma’muriy yoki jinoiy jazo qo‘llash kabi masalalar keltiriladi.

Aynan shu mojarolar ortidan “Ochiqchasiga gaplashamiz” ko‘rsatuvi yopilgani, Qobul Ahmedovning MY5 va “Yoshlar” teleradiokanalidan bo‘shatilgani aytilmoqda.  

Kanal direktori Qobul Ahmedov MY5 rahbariyatidan ketgani, “Yoshlar” telekanalidan ta’tilga chiqqani haqida o‘zining feysbukdagi sahifasida e’lon qildi. Biroq, ko‘rsatuv muallifi Amirxon ishlashda davom etayotgani, uning faoliyati bilan “Markaziy studiya” dasturida tanishib borish mumkinligini yozib qoldirgan.

Eslatib o‘tish lozimki, kuni-kecha bo‘lib o‘tgan Senatning navbatdagi yalpi majlisida Senat raisi Tanzila Norboyeva so‘z erkinligi masalasiga alohida urg‘u qaratib, agar tanqidlar bo‘lmasa, biz yaxshi ishlamagan bo‘lardik. Tanqidlar bor ekan, bizning ishimizda sal-pal siljish bo‘lyapti. Shuning uchun ulardan xafa bo‘lmasdan, tanqidlarini to‘g‘ri qabul qilib, ular bilan hamkorlikda, ya’ni tizimli ishlashni iltimos qilaman, deya ta’kidlagan edi.

Kiritildi: 16:32 10.08.2020. O'qildi: 13502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!