Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Muzokaralardan so‘ng 14 nafar o‘zbekistonlik Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi

Muzokaralardan so‘ng 14 nafar o‘zbekistonlik Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan Koreyaning Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ushbu fuqarolardan 14 nafari "Toshkent-Istanbul-Seul" tranzit aviareysi orqali uchib ketdi.

Joriy yil 8 oktyabr kuni 22 nafar fuqaroning Koreya Respublikasi talabiga ko‘ra ushbu mamlakat elchixonasi tomonidan tavsiya qilingan "Korean No 1 Laboratory" xususiy tibbiyot muassasasidan koronavirus infeksiyasiga testdan o‘tishi tashkillashtirildi. Ulardan 8 tasida koronavirus infeksiyasi aniqlangani sababli Janubiy Koreyaga ketish uchun ruxsat berilmadi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, mazkur 14 nafar fuqaro 13 iyulda Janubiy Koreyadagi ish joyiga jo‘nab ketishi rejalashtirilgan bo‘lib, biroq O‘zbekiston Respublikasi hududidagi epidemiologik vaziyatni keskinlashganligi sababli qoldirilgan edi.

Pandemiya davrida Koreya Respublikasiga kirib borish uchun ruxsat olish rozilik bitimini to‘ldirishdan oldin karantinda saqlash joyini ish beruvchi bilan aniqlashtirish hamda rozilik bitimiga haqqoniy ma’lumotlarni kiritish, karantin joyi korxona joylashgan hududda bo‘lishi lozim. Ish beruvchining mehnat migrantini chaqirish haqidagi rozilik xati qo‘llab-quvvatlanadi.

Noto‘g‘ri berilgan ma’lumotlar, O‘zbekistondagi turli to‘lovlardagi qarzdorliklar fuqaroning Koreya Respublikasiga kirib borolmasligiga hamda ushbu mamlakat hududiga kirish uchun taqiq qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Koreya Respublikasida ishlash vaqtida mehnat ta’tili olib O‘zbekistonga kelgan ba’zi fuqarolar Turkiya va boshqa davlatlar orqali Koreya Respublikasidagi ish joyiga borishga harakat qilgan va ular ushbu davlat aeroportidan O‘zbekistonga qaytarilgan. Fuqarolardan ushbu holatga o‘xshash tavakkalchiliklarni qilmasliklarini maslahat beramiz.

Mazkur 14 nafar fuqaro Koreya Respublikasiga yetib borgach koronavirus infeksiyasi uchun yana test topshiradi. Test natijalari Koreya Respublikasiga ishlash uchun ketuvchilarning navbatdagi oqimiga ta’sir qilishi mumkin.

Kiritildi: 13:41 10.10.2020. O'qildi: 2784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!