Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Muzaffar Rasulov Rossiyadagi prof boks oqshomining markaziy jangida ringga chiqadi

Muzaffar Rasulov Rossiyadagi prof boks oqshomining markaziy jangida ringga chiqadi

13 iyul kuni Rossiya Federasiyasining Yekaterinburg shahrida "Put v RCC" professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, turnirning markaziy jangi hamyurtimiz Muzaffar Rasulov ishtirokida o‘tadi. O‘rta vazn toifasidagi bokschimizga shu kuni rossiyalik Sergey Lubkovich raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Muzaffar Rasulov prof boksda 14 ta jang o‘tkazib, 11 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat bor. Sergey Lubkovich esa 16 g‘alaba va 1 durang qayd etgan.

Kiritildi: 17:35 07.07.2024. O'qildi: 610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!