Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Mo‘ynoqdagi kanalda cho‘kib ketgan ikki bola haqida qo‘shimcha ma’lumot

Mo‘ynoqdagi kanalda cho‘kib ketgan ikki bola haqida qo‘shimcha ma’lumot

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida ikki o‘smir kanalga cho‘kib ketgani haqida xabar bergandik. Qoraqalpog‘iston prokuraturasi ushbu holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 2 iyun kuni soat 14:00 chamasida Mo‘ynoq tumani Ubbiniyazov ko‘chasida yashovchi aka-ukalar – J.R (2009 yilda tug‘ilgan) va J.D. (2010 yilda tug‘ilgan) shu tumandagi «Madeli» OFYda yashovchi N.Q.ning uyiga mehmonga borib, ushbu qishloqdagi «Qipshaqdaryo» kanaliga cho‘milayotgan vaqtida ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kib ketgan.

Shu payt kanal yonidan o‘tib borayotgan qishloq odamlari bolalarni suvdan chiqarib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borgan, lekin tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan ikkala bola ham vafot etgan.

Hozirgi kunda mazkur holat bo‘yicha Mo‘ynoq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:48 03.06.2021. O'qildi: 3445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!