Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Musulmonlarni yovvoyi degan yevropaliklar ulardan nimani o‘rganishdi?

Musulmonlarni yovvoyi degan yevropaliklar ulardan nimani o‘rganishdi?

Jan-Anri-Abdolonim Ubichini (1818-1884) – mashhur frasuz davlat arbobi, tarixchi, jurnalist va Ruminiya akademiyasining faxriy a’zosi. Uzoq vaqt Turkiyada yashab, 1851 yilda “La Turquie Actuelle - Bugungi Turkiya” nomli asar yozadi. Ushbu asarida Islom dini haqida o‘zining fikrlarini shunday ifodalaydi:

«Islom odamlarga mehr-shafqat va idrokni buyuradi. Yevropaning dinsiz deb bag‘ridan chiqarib yuborilgan baxtsiz odamlari, podshohning mehmoni bo‘ldilar. Va muslumon turk diyorida vatanlarida mahrum bo‘lgan hurriyat va amniyat ichida yashamoqdalar. Barcha din vakillari bu yerda xuddi shunday adolat va shafqatni ko‘rmoqdalar. Turklarni va musulmonlarni yovvoyi degan yevropaliklar bu yerda mehmondo‘stlik va insoparvarlik darsini oldilar».

XVI asrda yashagan bir yevpropalik yozuvchi shunday degan edi: “Men musulomonlar yashaydigan diyorlarni kezib chiqdim. Yovvoyi degan musulmonlarning diyorlarida na birorta zo‘ravonlik yoki jinoyat ko‘rdim. Hammaning haq-huquqi hurmat qilinadi. Kambag‘al, bechoralarga yordam beriladi. Katta-kichik, nasroniy, yahudiy yoki musulmon, hatto dinsiz bo‘lsa ham xuddi shu adolat va hurmatga sazovor bo‘lmoqdalar. Men ham shu fikrlarga qo‘shilaman».

Jan-Anri-Abdolonim Ubichini (1818-1884), 

La Turquie Actuelle  Bugungi Turkiya” 

Manba: islom.uz

Kiritildi: 22:30 12.07.2019. O'qildi: 2676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!