Bugun 11 may, 2024 yil, shanba

КИР

Musulmonlarni yomonotliq qilmoqchi bo‘lgan erkakka qanday jazo berildi?

Musulmonlarni yomonotliq qilmoqchi bo‘lgan erkakka qanday jazo berildi?

Chexiyada musulmonlarni yomon ko‘rsatish maqsadida jihodchilarning terakti taqlidini qilgan shaxs ustidan hukm o‘qildi.

Radio.cz xabariga ko‘ra, sud 71 yoshli Yaromir Baldani 4 yilga ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqargan.

Balda 2017 yilda kesilgan daraxtlarni Praga shimolidagi temir yo‘lga tashlagan, oqibatda ikkita poyezd izdan chiqib ketgan. Hodisada hech kimga zarar yetmagan. Temir yo‘lda Allohu akbar deb yozilgan varaqalar topilgan. Varaqalarni Balda atayin tashlab ketgani aniqlandi.

Shundan keyin qo‘lga olingan Yaromir Balda mazkur hodisani islomof bo‘lgani tufayli sodir etganini tan oldi.

Kiritildi: 10:14 17.01.2019. O'qildi: 2078 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!