Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Musulmonlarni kamsitgan kompaniya 5,5 million dollar tovon puli to‘laydi

Musulmonlarni kamsitgan kompaniya 5,5 million dollar tovon puli to‘laydi

AQShda cho‘chqa, mol va tovuq go‘shti hamda go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan kompaniya musulmonlarni kamsitgani uchun 5,5 million dollar to‘laydi. Uzoq davom etgan sud aybloviga ko‘ra, JBS kompaniyasi Kolorado shtatidagi zavodida musulmon ishchilarini tahqirlab kelgan.

Teng huquqlar asosida ishga yollash bo‘yicha AQSh komissiyasi Denver shahridagi federal sudga 2010 yilda da’vo arizasini kiritgan edi. Unda qayd etilishicha, JBS ma’muriyati ishchilarini musulmon, somalilik immigrant va qora tanli bo‘lgani uchun kamsitgan. Hojatxonalardan foydalanishni taqiqlab qo‘ygan. Boshqalardan ko‘ra ko‘proq ish yuklab, og‘ir shartlar bilan qiynagan.

Komissiyaning 9 iyun kuni bergan bayonotiga ko‘ra, JBS diskriminasiya nishonida bo‘lgan qariyb 300 nafar ishchiga jami 5,5 million dollar to‘laydi.

JBS matbuot kotibi Nikki Richardsonning ta’kidlashicha, kompaniya ma’muriyati ayblovni tan olmagan. Ish jarayonida diskriminasiyaga yo‘l qo‘yilmaydi. Etnik va diniy tolerantlik, tenglik ta’minlangan.

Sud ayblovida qayd etilishicha, JBS musulmon xodimlarning belgilangan tanaffuslarda ibodat qilishiga to‘sqinlik qilgan, hojatxonadan foydalanishni taqiqlagan.

2008 yilning Ramazon oyida iftorlik uchun suv bermagan. Tahorat olish imkonini yo‘qqa chiqarish uchun suv ta’minotini to‘xtatib qo‘ygan. Ko‘plab xodimlarni musulmon bo‘lgani uchun ishdan bo‘shatgan.

Kiritildi: 04:00 12.06.2021. O'qildi: 1836 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!