Bugun 5 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Musulmonlar idorasi to‘ylardagi isrofgarchilik va dabdaba haqida fikr bildirdi

Musulmonlar idorasi to‘ylardagi isrofgarchilik va dabdaba haqida fikr bildirdi

O‘zbekiston musulmonlar idorasi to‘ylar, oilaviy tantanalar, marhumlar xotirasi, Haj va Umraga borib-keluvchilarni kutib olishga bag‘ishlangan yig‘inlar to‘g‘risida bayonot berdi.

"Taassufki, to‘ylar, oilaviy tantanalar, marhumlar xotirasi, Haj va Umraga borib-keluvchilarni kutib olishga bag‘ishlangan yig‘inlar, ulardagi bir-biridan o‘tib tushadigan, kimo‘zarga, riyoga, isrofga to‘la ishlar jiddiy muammolardan biri bo‘lib kelmoqda" deydi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar.

Shu sabab ziyolilar, yoshi keksa nuroniylarni birgalikda aholiga isrofgarchilik va dabdaba qilayotganlarga tushuntirish ishlarini ko‘paytirishga, bu kabi illatlarga birgalikda barham berishga chorladi.

"Alloh taolo ato etgan mol-dunyoni isrof qilish katta gunoh ekanini uqtiraylik! Buning o‘rniga topganimizni savobli ishlarga sarflab, beva-bechora, nochor, muhtojlarga yordam beraylik, ana shunda ulkan savobga ega bo‘lamiz, inshoaalloh!" — deydi muftiy.

Kiritildi: 10:31 30.12.2024. O'qildi: 1195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!