Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Musulmonlar ibratidan musulmon bo‘lgan qiz

A A A
Musulmonlar ibratidan musulmon bo‘lgan qiz

Misrlik ikki yigit institutni tamomlab magistrlik diplomini olish uchun Angliyaga o‘qishga boradilar. U yerda imtihonlarni a’lo darajada topshirib talabalik safiga qabul qilinadilar. O‘qish mobaynida ular o‘zlarining go‘zal xulqi va odobi bilan barcha do‘stlarining mehrini qozongan edilar. Kunlarning birida ikkala do‘st gaplashib turganida o‘zlari bilan bir kursda ta’lim oladigan qiz ularning oldiga keladi.

Haligi misrlik ikki yigit arab tilida gaplashayotib, darhol ingliz tilida suhbatni davom ettiradilar. Bu xolatdan ajablangan qiz ushbu ikki yigitni zimdan kuzatib yura boshlaydi. Qarasa bu ish faqatgina ushbu qiz bilan sodir bo‘layotgani yo‘q, balki boshqa kursdoshlari bilan ham shu hol takrorlanmoqda. Qizning ko‘nglini turli-tuman o‘y-xayollar qamrab olgan, tinmay o‘z-o‘ziga savol berar edi: “Nima uchun bu ikki arab yigiti o‘zaro suhbatlashayotganda o‘z tilida gaplashadi-yu, agar ularning oldiga boshqa millat vakili borsa, ingliz tilida suhbatni davom ettiradi. Nima uchun? Nima uchun?” U bu savollarga javob topa olmasdi.

Kunlarning birida odatdagidek universitetga keldi. Haligi ikki yigit deraza oldida arab tilida syhbatlashib turar edilar. U darhol qo‘lidagi kitoblarini parta ustiga qo‘yib, ularning oldiga bordi. Misrlik yigitlar boshqa millat vakilini ko‘rishlari bilan darhol ingliz tilida syhbatni davom ettirishdi. Qiz bu safar ularga hech ikkilanmasdan: “Nima uchun sizlar yolg‘iz qolgan vaqtingizda o‘z ona tilingizda gaplashasizlar-u, agar boshqa millat vakili oldingizga kelsa ingliz tilida suhbat qurasizlar. Biror-bir sabab bormi?”, dedi. U ikkisi bir-biriga qarab kylimsirab qo‘yishdi. So‘ng ulardan biri bu holatni shunday izohladi: “Biz bu ishni o‘z shaxsiy manfaatimiz uchun emas, balki butun olamlarga rahmat qilib yuborilgan Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam buyurganlari uchun qilamiz. Chunki Nabiyimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: “Ikki kishi yonidagi uchinchi inson tushunmaydigan tilda GAPLASHMASIN”, deganlar”, deb javob berdi.

Bunday javobni kutmagan qiz bir og‘iz ham gapirmay ortiga qaytib ketdi. Bir kundan so‘ng kelib kursdoshlariga MUSULMON bo‘lganini ma’lum qildi. Musulmon bo‘lishiga sabab bo‘lgan narsa Islom dini insonni qanday holatda bo‘lmasin ehtirom qilish, o‘zga din vakiliga nisbatan qo‘l bilan zarar yetkazish u yoqda tursin, til bilan ham aziyat berishdan qaytaradigan din ekanini baralla aytdi!

Manba: azon.uz

Kiritildi: 11:05 29.06.2018. O'qildi: 2332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik